• Sonuç bulunamadı

Özbek Türkçesiyle Yunus Emre Şiirleri *

Belgede YAZAR HAKKINDA (sayfa 194-200)

So’rdim Sariq Gulchadan So’rdim sariq gulchadan Otang onang bor midir?

Gul dedi darvesh bobo Onam otam tuproqdir Haq la ilaha illalloh Alloh la ilaha illalloh So’rdim sariq gulchadan Aka ukang bor midir?

Gul dedi darvesh bobo Aka ukam yaproqdir Haq la ilaha illalloh Alloh la ilaha illalloh So’rdim sariq gulchadan Nechun bo’yning egridir?

Gul dedi darvesh bobo Aslim haqqa to’g’ridir Haq la ilaha illalloh Alloh la ilaha illalloh

* Aktaran: Zuhra Kargan, Gazi Üniversitesi Çağdaş Lehçeler Yüksek Lisans öğrencisi

So’rdim sariq gulchadan Ranging nechun sariqdir Gul dedi darvesh bobo O’lim bizga yaqindir Haq la ilaha illalloh Alloh la ilaha illalloh So’rdim sariq gulchadan Sizda o’lim bor midir?

Gul dedi darvesh bobo O’limsiz yer bor midir?

Haq la ilaha illallah Alloh la ilaha illalloh So’rdim sariq gulchadan Sen kimning ummatisan?

Gul dedi darvesh bobo Muhammad ummati man Haq la ilaha illalloh Alloh la ilaha illalloh So’rdim sariq gulchadan Sen meni taniysanmi?

Gul dedi darvesh bobo Sen Yunus emasmisan?

Haq la ilaha illallah Alloh la ilaha illalloh Tog’lar-U Toshlar Bilan Tog’lar-u toshlar bilan Chaqiray Mavlom seni Tonglarda qushlar bilan Chaqiray Mavlom seni

ند هچلگ قیرس میدروس

196 Hilmi Özden

Suvlarda baliq bilan Sahroda ohu bilan Darveshdek rabbim bilan Chaqiray Mavlom seni Samoda Iso bilan To’r tog’da Muso bilan Qo’lida aso bilan Chaqiray Mavlom seni Dardi ko’p Ayyub bilan Yoshli ko’z Ya’qub bilan Ul Muhammad mahbub bilan Chaqiray Mavlom seni Hamd-u shukrullah bilan Vasfi qul huvallah bilan Doim zikrullah bilan Chaqiray Mavlom seni Bildim dunyo holini Tark etdim qelu qolini Ochiq oyog’-u boshini Chaqiray Mavlom seni Yunus o’qur tillar bilan Ul qumri bulbul bilan Haqni sevgan qul bilan Chaqiray Mavlom seni Jonim Qurbon Bo’lsin

Jonim qurbon bo’lsin sening yo’lingga Ismi go’zal o’zi go’zal Muhammad Shafoat qil bu bebaho qulingga Ismi go’zal o’zi go’zal Muhammad

نلیب قیلب هدرلوس

Mo’min bo’lganlarning ko’pdir jafosi Ohiratda bo’lar zavqi safosi

O’n sakkiz ming olam Mustafosi Ismi go’zal o’zi go’zal Muhammad Yetti osmonni tavof aylagan Kursining ustida javlon aylagan Merojlarda ummatini tilagan Ismi go’zal o’zi go’zal Muhammad Choryorlar uning yaqin do’stidir Uning sevgan gunohlardan bari dir O’n sakkiz ming olamning sultonidir Ismi go’zal o’zi go’zal Muhammad Naylasin Yunus sensiz dunyoni

Sen haq payg’ambarsan shaksiz shubhasiz Senga bo’ysunmagan ketar imonsiz Ismi go’zal o’zi go’zal Muhammad Ishq Odami Och Ko’zingni Ishq odami och ko’zingni Yer yuziga ayla nazar Ko’rgin latif chechaklarni Bezatilgan keldi ketar Bular bunday bezatilgan Do’stdan yangi uzatilgan Bir so’ragin bulardan sen Qayergadir azm-i safar

Har bir chechak ming noz bilan Maqtar haqni niyoz bilan Bu qushlar xush ovoz bilan Ul podshohni zikr etar

یسافجریدپوک گنینرلنگلوب نموم

198 Hilmi Özden

Maqtar uning kuchliligin Har bir ishga hozirligin Uning ko’p oz umrliligin Uginaning rangi so’lar Rangi ketar kundan kunga Tuproqqa to’kilar yana Ibrat bular tushunganga Bu ibratni orif bilar

Na kelmasang kelmoq bular Na kulmasang kulmoq bular So’ng manziling o’lmoq bular Eshitgandirsan ishqdan asar Har bir so’zni bilar eding Yo bu g’amni yuvar eding Yurib uyquda yurding Ketgandi sendan korubor Bilding ketgan ketar emish Bilding qo’ngan uchar emish Ishq sharobin ichar emish Bu moniydan har kim to’yar Yunus bu so’zlarni ko’rgil O’z o’zingdan qo’ling yuvgin Sendan ne kelgan bir emas Chun haqdan kelar xayr-u shar Toshding Yana Deli Ko’ngil Toshding yana deli ko’ngil Suvlar kabi oqarmisan Oqding yana qonli yoshim Yo’llarimni bog’larmisan

Nechun bormas qo’lim yara Topilmas dardimga chora Bo’ldim ilmdan ovora To’xtatgin bundan meni Yo’qotdim men yo’ldoshimni Darmonsiz dardli bag’rimni Ko’zimni qonli yoshimni Daryo bo’lib oqarmisan Men tuproq bo’ldim yo’lingda Sen nihoyat qil himoya O’ngimdagi bag’rim shohid Tosh bag’rli tog’larmisan Harom yegandek yo’lingda Teskari tushgan qorli tog’

Men yorimdan ayri qoldim Sen yo’limni bog’larmisan Qorli tog’larning boshida Shoda- shoda bo’lgan bulut Sochingni uzatib menga Yoshli -yoshli yig’larmisan Sarxush bo’ldi Yunus joni Yo’ldaman qo’llarim qani?

Yunus tushda ko’rdi seni Kasalmisan sog’lom misan Shu Yerda Bormidir Ajib Shu yerda bormidir ajib Meningdek shunday g’arib Bag’ri yara ko’zi yoshli Meningdek shunday g’arib

هری میلوق سمراب نوچین

200 Hilmi Özden

Kezarman Rum bilan Shomni Yurib butun shaharlarni Ko’p istadim topolmadim Meningdek shunday g’arib Hech kimsa g’arib bo’lmasin Hasrat cho’g’ida yonmasin Ustod! Men kabi bulmasin Meningdek shunday g’arib So’zlar dilim yig’lar ko’zim G’ariblarga kuyay o’zim Magar ki ko’kda yulduzim Meningdek shunday g’arib Qanday bu dardda yonarman Ajal kelar men o’larman Magar mozorda bo’larman Meningdek shunday g’arib Bir g’arib o’ldi derlar Uch kun so’ngra eshitarlar Sovuq suv bilan yuvarlar Meningdek shunday g’arib Hoy Imra Yunus bechora Topilmas dardingga chora Bor endi kez shahardan shaharga Meningdek shunday g’arib Darveshlikdan So’zlamoq Darveshlikdan so’zlamoq Xirqa bilan toj emas Dilini darvesh aylagan Xirqaga muhtoj emas

ینماش نلیب مور نمرزیگ

Belgede YAZAR HAKKINDA (sayfa 194-200)